«talabalar turar joyi» tegli maqolalar


Yotoqxona uchun onlayn ariza javobi chiqmagan talabalar nima qilishi kerak?
5 sentabr 2023, 10:11

Yotoqxona uchun onlayn ariza javobi chiqmagan talabalar nima qilishi kerak?

Yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirgan OTMlarning ayrim 1-kurs talabalari uning javobini hanuz kutishmoqda. Oliy ta’lim vazirligi vakili ijtimoiy himoyaga muhtoj kontengent to‘liq qamrab olinishi uchun jarayon yana 1−2 kun davom etishini, so‘ngra boshqalarning arizalari ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Foto: O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlandi
4 sentabr 2023, 13:22

Foto: O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlandi

O‘zbekistondagi barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish boshlandi. 4-sentabr tongida Toshkent ko‘chalari yanada gavjumlashdi, tirbandliklar ko‘payib, jamoat transportlari yo‘lovchilarga to‘ldi, maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi, talabalar esa darsga otlanishdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Qo‘llanma: Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish
24 avgust 2023, 18:10

Qo‘llanma: Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun onlayn ariza topshirish

O‘zbekistonda 2024-yildan davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Hozircha bunday imkoniyat faqat 1-kurs talabalarida bor. “Gazeta.uz” ular uchun Yagona portal orqali ariza topshirish yo‘riqnomasini tayyorladi.

Talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklif qilindi
9 sentabr 2022, 21:09

Talabalarni Tashkent Index hududidagi 10 ming o‘rinli binoga joylashtirish taklif qilindi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent Index majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli binoni bir hafta muddatda xususiy sherikchilik asosida TTJga aylantirishga ko‘rsatma berdi.

«Tadbirkorlar bizga manfaati yo‘q deyishdi» — Oliy ta’lim vaziri xususiy sheriklikda yotoqxonalar qurish oqsagani haqida
9 sentabr 2022, 17:59

«Tadbirkorlar bizga manfaati yo‘q deyishdi» — Oliy ta’lim vaziri xususiy sheriklikda yotoqxonalar qurish oqsagani haqida

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov davlat-xususiy sheriklikda yotoqxonalar qurish nima sababdan oqsagani haqida gapirdi. Vazir tadbirkorlar yotoqxona qurishdan manfaat yo‘qligini va qurmasliklarini aytganini qayd etdi. Hozir esa talablar o‘zgarib, yotoqxonalar qurilayotganini ta’kidladi.

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash 41 foizga yetkazildi — Oliy ta’lim vazirligi
8 iyun 2022, 18:26

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash 41 foizga yetkazildi — Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qariyb 41 foizi yotoqxona bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil qilgan. 2 qavatli karavotlar, turar joylarni optimallashtirish, yangi yotoqxonalar hisobiga o‘rinlar soni ko‘paytirildi.

Bir oyda talabalar turar joyi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinadi — prezident
5 mart 2022, 09:31

Bir oyda talabalar turar joyi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinadi — prezident

Prezident Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda talabalar uchun yotoqxona qurish ishlari boshlanmaganini tanqid qildi. Qolaversa, ijarada turuvchi talabalarga subsidiya berish uchun rektorlarga o‘tgan 2 oyda 24 mlrd so‘m berilgani, biroq, atigi 5 mlrd so‘m ishlatilgani aytildi. «Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekistonda nechta talabalar yotoqxonasi borligi ma’lum qilindi
6 oktabr 2021, 20:34

O‘zbekistonda nechta talabalar yotoqxonasi borligi ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020−2021 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlar soni haqdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda OTMlar soni 127 taga yetgan, ularning 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.

Talabalarga tadbirkorlar tomonidan turar joylar quriladi
10 sentabr 2021, 11:58

Talabalarga tadbirkorlar tomonidan turar joylar quriladi

Hukumat qarori bilan talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi. Buning uchun viloyat hokimlari tomonidan 0,5 gektargacha yer joylardan ajratiladi. Respublika bo‘ylab jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi.

Xususiy OTMlarga 500 ta grant beriladi, yotoqxonalar uchun yerlar auksion orqali ajratiladi
16 iyun 2021, 22:24

Xususiy OTMlarga 500 ta grant beriladi, yotoqxonalar uchun yerlar auksion orqali ajratiladi

Navbatdagi o‘quv yilida davlat xususiy OTMlarga 22 yo‘nalish bo‘yicha 500 ta grant o‘rinlari ajratadi. OTMlarga hujjat topshirish jarayoni besh kun ichida boshlanadi. Prezident talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlari doirasida byudjetdan 50 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Yotoqxona va xostellar quriladigan yer maydonlari auksion orqali taqdim etiladi.

1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi
13 aprel 2021, 18:10

1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi

Prezident boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda 1 maydan talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ta’kidlandi. Buning uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. «Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri
12 fevral 2021, 12:09

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri

Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
28 yanvar 2021, 11:43

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting